«xotira va qadrlash kuni» tegli maqolalar


Namangandagi bog‘chaning o‘nlab bolalari bir Damas`ga o‘tqazilib, qabristonga ziyoratga olib borildi
14 may 2024, 11:58

Namangandagi bog‘chaning o‘nlab bolalari bir Damas`ga o‘tqazilib, qabristonga ziyoratga olib borildi

Chortoq tumanidagi oilaviy bog‘chaning 17 nafar tarbiyalanuvchisi avval Xotira maydoniga, so‘ng qabristonga ziyorat uchun olib borildi. Bolalar bitta Damas`ga o‘tqazilgani va taqiqlansa-da, qabristonga olib borilgani uchun bog‘cha rahbari “jiddiy ogohlantirildi”.

Urush qatnashchisining nabirasi prezident sovg‘asi sifatida TDIUga qabul qilindi (video)
8 may 2024, 19:28

Urush qatnashchisining nabirasi prezident sovg‘asi sifatida TDIUga qabul qilindi (video)

Ikkinchi jahon urushi faxriysi Muhiddin Do‘sanboyevning nabirasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Oliy ta’lim vaziri bu “prezident sovg‘asi” ekani, qiz universitetning bu yilgi ilk talabasi bo‘lganini aytdi. Video.

Shavkat Mirziyoyev xalqni 9-may munosabati bilan tabrikladi
8 may 2024, 17:05

Shavkat Mirziyoyev xalqni 9-may munosabati bilan tabrikladi

Prezident Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi. “Bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz”, degan prezident ularning jasorati yoshlarni tarbiyalashda ibrat maktabi bo‘lishini ta’kidladi.

“Charchasam bo‘lmaydi, katta-katta ishlarni endi boshlayapmiz” — Shavkat Mirziyoyev
8 may 2024, 16:21

“Charchasam bo‘lmaydi, katta-katta ishlarni endi boshlayapmiz” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident harbiy klinik gospitalga tashrifi chog‘ida Sirdaryo hokimiga o‘sha yerda davolanayotgan urush qatnashchilaridan biriga uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Yana bir urush faxriysi esa Shavkat Mirziyoyevni umrbod prezident qilib qo‘yishni taklif etdi. Prezident bunga javoban kulib qo‘ydi.

Prezident urush faxriylarini ziyorat qildi (foto)
8 may 2024, 14:01

Prezident urush faxriylarini ziyorat qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrifidan so‘ng Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi.

8-may kuni Toshkentda harbiylarning piyoda yurishi bo‘lib o‘tadi
7 may 2024, 20:31

8-may kuni Toshkentda harbiylarning piyoda yurishi bo‘lib o‘tadi

8-may kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona yurishi bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar G‘alaba bog‘idan Magic City parkigacha harakatlanadi. Poytaxtning bir qator ko‘chalari transportlar uchun yopiladi (xarita).

Foto: O‘zbekistonliklarning Ikkinchi Jahon urushidagi ishtirokiga bag‘ishlangan ko‘rgazma
9 may 2023, 10:37

Foto: O‘zbekistonliklarning Ikkinchi Jahon urushidagi ishtirokiga bag‘ishlangan ko‘rgazma

O‘zbekiston tarixi muzeyida o‘zbekistonliklar SSSRning Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabasiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Unda o‘nlab arxiv suratlari, sovet plakat san’atining namunalari namoyishga qo‘yilgan, shuningdek, “Askar maktublari” kitobi taqdim etilgan.

9-may kuni Toshkentda mushakbozlik o‘tkaziladi
7 may 2023, 16:36

9-may kuni Toshkentda mushakbozlik o‘tkaziladi

9-may oqshomida Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i hududida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayramona mushakbozlik tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev 9 may kunini qanday o‘tkazmoqda? — video
9 may 2022, 13:23

Shavkat Mirziyoyev 9 may kunini qanday o‘tkazmoqda? — video

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, davlat rahbari G‘alaba bog‘idagi «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.

9 may kuni salyuti «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida tashkil etiladi (yangilandi)
6 may 2022, 13:45

9 may kuni salyuti «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida tashkil etiladi (yangilandi)

9 may kuni kechqurun Toshkentdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida «Xotira va qadrlash kuni»ga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil etiladi.

O‘zbekistonda 9-may kuni harbiy paradlar o‘tkazilmaydi — Mudofaa vazirligi
25 aprel 2022, 17:28

O‘zbekistonda 9-may kuni harbiy paradlar o‘tkazilmaydi — Mudofaa vazirligi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikada harbiy parad o‘tkazish nazarda tutilmagani ma’lum qilindi. Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Mamadaliyev oldingi yillar ham bunday namoyishlar bo‘lmaganini aytdi.

«Texnik xato va bilimsizlik natijasi». Farg‘ona viloyati hokimligi Vermaxt askarlari aks etgan plakat haqida
10 may 2021, 12:47

«Texnik xato va bilimsizlik natijasi». Farg‘ona viloyati hokimligi Vermaxt askarlari aks etgan plakat haqida

Farg‘ona shahridagi «Vatanparvarlar bog‘i»da fashistlar armiyasi askarlari aks etgan plakat o‘rnatildi. Viloyat hokimligi bu «qo‘pol texnik xato» va «bilimsizlik» natijasida bo‘lganligini aytdi.

«Urush qatnashchilari haqidagi ma’lumotlarning to‘liq elektron bazasini yaratishning vaqti-soati keldi» — prezident
9 may 2021, 16:33

«Urush qatnashchilari haqidagi ma’lumotlarning to‘liq elektron bazasini yaratishning vaqti-soati keldi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. Davlat rahbari urush qatnashchilarini tabriklab, Ikkinchi jahon urushida jang qilgan 2 mlnga yaqin vatandoshlarning to‘liq ro‘yxati shakllantirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, urush qatnashchilari haqida to‘liq ma’lumotlar aks etgan elektron baza yaratilishi ham ta’kidlandi.

9 May tadbirlari karantin talablari asosida o‘tkaziladi
21 aprel 2021, 10:56

9 May tadbirlari karantin talablari asosida o‘tkaziladi

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari karantin talablariga muvofiq o‘tkaziladi. Toshkentda bayramona salyut bo‘lib o‘tadi. Urushning ehtiyojmand ishtirokchilarining uylari ta’mirlanadi. Ularni parvarish qilish va yordam berish maqsadida patronaj xizmati yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting